
O'zbekcha Minecraft
Minecraftni o'zbek tilida o'ynang — menyular, bloklar, buyumlar, moblar va boshqa ko'plab matnlarni o'zbekchaga tarjima qiluvchi resurs to'plami.
Bosh Menyu
Minecraft bosh menyusi to'liq o'zbek tiliga tarjima qilingan. Barcha asosiy tugmalar va menyu elementlari o'zbek tilida ko'rsatiladi, bu esa o'yinni tushunish va boshqarishni yanada qulay qiladi.
Sozlamalar Menyusi
Sozlamalar menyusidagi barcha bo'limlar va tugmalar o'zbek tiliga tarjima qilingan. O'yin sozlamalarini tushunish va kerakli parametrlarni o'zgartirish endi yanada qulay.
O'zbek tili qollab-quvvatlanishi
Minecraft o'yinini o'zbek tilida o'ynash uchun til sozlamalaridan "O'zbekcha (O'zbekiston)" tilini tanlang. Resource pack o'rnatilgandan so'ng barcha tarjima qilingan matnlar avtomatik ravishda o'zbek tilida ko'rsatiladi.
Inventar va Buyumlar tarjimasi
Inventar, buyum nomlari va tavsiflari o'zbek tiliga tarjima qilingan. Kerakli buyumlarni topish, ularning vazifasini tushunish va o'yindan foydalanish endi ancha qulay.
